AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen Inni Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida uchrashishga taklif etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Tramp G20 sammiti bo‘lib o‘tayotgan Osaka shahridan Seulga uchib ketadi.
“Xitoy rahbari Si Szinpin bilan bo‘lib o‘tgan bir necha muhim uchrashuvlardan so‘ng Yaponiyadan Janubiy Koreya tomon yo‘l olib, prezident Mun Chje In bilan ko‘rishaman. Janubiy Koreyadaligimda KXDR yetakchisi Kim Chen In ma’qul topsa, chegarada — demilitarizatsiya qilingan zonada uchrashishga tayyorman”, — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.
Keyinroq ma’lum qilinishicha, Tramp ushbu taklifni Kim Chen In bilan kelishmasdan turib bildirgan.
“Men shunchaki sinov sharini uchirdim, chunki Kim Chen In hozir qayerda ekanligini bilmayman. Balki u Shimoliy Koreyada emasdir”, — deydi AQSh prezidenti.
Izoh (0)