AQSh prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkel Yaponiyaning Oska shahrida o‘tkazilgan G20 sammitidagi uchrashuvda jahon siyosati va iqtisodiyotiga oid bir qator masalalarni muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Xususan, Kiyevdagi siyosiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilingan.
Bundan tashqari, Oq uy matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mamlakat rahbarlari Eronning Yaqin Sharqdagi “xavfli faoliyati”, Liviyadagi vaziyat, shuningdek, Xitoy bilan davom etayotgan muzokaralar va jahon savdo standartlarini belgilash masalalarini ham muhokama qilgan.
Izoh (0)