Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk — Perfectum savdoga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zAning xabar berishicha, elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi DUK saytida “Rubicon Wireless Communication” (Perfectum) MChJ ko‘chmas mulki qayta sotuvga qo‘yilgan.
Ochiq auksion “narxni tushirib borish” yo‘li bilan, demping usulida o‘tkaziladi. Mulkning boshlang‘ich narxi 205 milliard 587 million so‘m etib belgilangan.
Ushbu mulk sotilishi mumkin bo‘lgan eng past narx 164 miliard 469 million 613 ming so‘m. Auksion shu yilning 27 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Arizalar qabul qilish auksion belgilangan kundan ikki kun oldin to‘xtatiladi.
Izoh (0)