Fotogalereya: Hozirgi kundagi muammolarni so‘zsiz ko‘rsatayotgan ijtimoiy reklamalar
Ijtimoiy reklama yaratuvchilarining oldida doim qiyin vazifa turadi: odamlar uni faqatgina sezishlari emas, balki eslab qolishlari ham kerak. Tan olish kerakki, ba’zi plakatlarni yillar o‘tgach ham xotirangizdan o‘chirib tashlolmaysiz. Oldinlari sayyoraning ifloslanishi va global issiqlik asosiy mavzu bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda harakatsizlik, muntazam ravishda bir joyda o‘tirib ishlashning zarari, chekish natijasida o‘rmonlarda chiqadigan yong‘inlar va buning hayvonot olamiga ta’siri hamda ta’tilning inson salomatligi uchun muhimligiga urg‘u berilmoqda. AdMe itimoiy reklama sohasidagi so‘nggi yangiliklarni bo‘lishdi.
Xalqaro suv kuniga bag‘ishlangan reklama
Ota-onalar ko‘pincha farzandlarining yutuqlarini fast-fud bilan mukofotlaydi. Nestle esa bolalar uchun aslida nima foydali ekanini eslatib qo‘ydi
Har qanday ish sayyohlar uchun tomosha bo‘lishdan afzalroq
Ta’til yurak huruji xavfini 30 foizga kamaytiradi
Iliq narsalar ham inson hayotini qutqaradi
Ushbu reklama kampaniyasi rulni boshqarayotib, telefonda gaplashish qanchalik sizni chalg‘itishini ko‘rsatadi
Har to‘rtinchi amerikalik zombiga ishonadi, ammo iqlimdagi o‘zgarishlarga ishonmaydi
Fransiyada chiqarilgan eksperimental ijtimoiy reklama axlat qutilaridan foydalanishga undaydi
Har yili okeanga 26 million tonna plastmassa tushadi, dengiz hayvonlari esa buning jabrini tortadi
Fransuz xayriya jamg‘armasi L214 xabar qiladi: 1 kilgoramm go‘sht olish uchun 7 900 litr suv kerak
PETA reklama kampaniyasi “teskari dunyo”ni ko‘rsatib, odamzod hayvonot olamiga qanchalar vahshiylik qilayotganini isbotlaydi
Global issiqlik oqibatini ko‘rsatuvchi ijtimoiy reklama — “Agar u eriyotgan bo‘lsa, vayron bo‘layotgan bo‘ladi”
Bir soniya ishlatiladi, yuz yillab suv/yer ostida yotadi
“Hozir ko‘rinyapti, endi esa ko‘rinmayapti” — Fiat spirtli ichimlikdan so‘ng ko‘rish qobiliyati susayishini ko‘rsatishga uringan
“Agar ichib olgan bo‘lsang, yaxshisi Uber’ni chaqir”
Chekish nafaqat sizni, balki yong‘in natijasida o‘rmon hayvonlarini ham o‘ldiradi
Izoh (0)