Turistik mavsumi boshlanishi bilan Toshkent—Bishkek—Baliqchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
“Qirg‘iz temir yo‘li” davlat korxonasining ma’lum qilishicha, poyezd har payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 20.50 da Toshkentdan yo‘lga chiqadi.
Bishkekga juma kuni soat 16.03 va Baliqchiga soat 20.29 da keladi.
Ta’kidlanishicha, poyezd sostavida vagon-restoran bor. Qatnov sentabr oyi boshigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)