O‘zbekiston vakillari BAA Prezidenti o‘rinbosari, Bosh vazir, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning o‘g‘illari to‘ylarida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Ushbu to‘yga prezidentning kuyovlari Oybek Tursunov, Otabek Umarov, o‘g‘li Miralisher, nevarasi Miromon tashrif buyurgan.
“BAA Prezidenti o‘rinbosari, Bosh vazir, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Hazrati Oliylarining o‘g‘illari to‘ylari munosabati bilan tabriklaymiz”, — deb yozadi Otabek Umarov.
Izoh (0)