Amerika bozori uchun ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz 190 modeli Germaniyada sotuvga qo‘yildi. Mashina kechagina zavoddan chiqqandek ko‘rinishga ega, deb xabar beradi Facebook’dagi “Kolesa.kz” sahifasi.
Mercedes-Benz ushbu sedanni 1982—1993-yillarda W201 indeksli kuzov ostida ishlab chiqargan. 2019-yilda esa bu turdagi mashinani yangi holatda topish imkonsizdek edi. Avtomobil 1986-yilda konveyrdan chiqqan va shu vaqtgacha maxsus boksda saqlangan. Hozirgacha bosib o‘tgan masofasi 310 milga teng.
Sedan 134 ot kuchiga ega 2,3 litrli motor hisobiga harakatlanib, bir juft avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Ushbu mashina 55,5 ming dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)