Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolovga (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) Termiz shahridan 2 xonali uy sovg‘a qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimligida sportchi yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda sportda erishgan yutuqlari uchun Bahodir Jalolovga Termiz shahridan 2 xonali uyning kaliti topshirildi.
Ma’lumot uchun, Jalolov 1994-yilning 8-iyulida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)