Myanma sobiq poytaxti Yangondagi xalqaro aeroportda Biman Bangladesh Airlines aviakompaniyasining Bombardier Dash 8 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Qo‘nish chog‘ida samolyot uchish-qo‘nish maydonidan chiqib ketib, bir necha qismga bo‘linib ketgan.
Hodisa tufayli samolyot bortida bo‘lgan 33 kishidan 19 nafari kasalxonalarga yetkazildi. Qurbonlar yo‘q.
Izoh (0)