Pensiya va nafaqa tayinlash jarayonida soxta hujjatlarni taqdim etish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. Shunga qaramasdan fuqarolar tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish holatlari uchrab turibdi. Shunday vaziyatlarning biri fuqaro J.S. bilan sodir etildi. Bu haqida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro J.S.ga 21.05.2016-sanadan 23 yil 10 oy ish staji bilan yoshga doir pensiya tayinlangan. Ushbu pensiya ishidagi hujjatlar 2018-yilning aprel oyida qayta o‘rganilganda, tuman arxividan berilgan ma’lumotnoma ish haqi kitoblari bilan solishtirilganida 1999—2002-yillardagi ish haqlari boshqa fuqaroga tegishli ekani aniqlangan.
Natijada 517 ming 668 so‘m mablag‘ ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘lgan, hamda aniqlangan ortiqcha to‘lov undirildi.
Izoh (0)