O‘zbekiston terma jamoasining FIFA kunlaridagi yana bir raqibi nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Ektor Kuper shogirdlari 2-iyun kuni Antaliya shahrida Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Ta’kidlash joiz, Turkiya terma jamoasi FIFA reytingida ayni damda 39-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDR (7-iyun) hamda Suriya (11-iyun) termalariga qarshi maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)