O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Qahramonlari — Abdulla Oripov va Erkin Vohidov asarlarini qozoq tiliga o‘girib, ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarga yetkazish borasida topshiriq berilgan. Bu haqda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot xizmati rahbari Shahnoza Tojiddinova xabar berdi.
“Shu asosda ushbu atoqli ijodkorlarning asarlari qozoq tiliga tarjima qilinib, uch ming nusxada chop etildi va Zarafshon shahri, Konimex, Nurota, Tomdi, Uchquduq tumanlaridagi 58 ta maktabga mazkur to‘plamlar yetkazib berildi, — deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limi rahbari Ulug‘bek Safarov. — Shuningdek, turli marafonlar, aksiyalar doirasida ham ushbu ta’lim maskanlari kutubxonalarining kitob fondi so‘nggi ikki oyda o‘zbek, rus, qozoq tilidagi 2,5 ming nusxadagi badiiy adabiyotlar bilan ta’minlandi”.
Izoh (0)