• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerikadagi 10 ta eng yomon kasb (foto)

    4/7 Wall Street 2018-yil uchun CareerCast ishga joylashish va bandlik sayti tomonidan qilingan hisobotlarini o‘rganib chiqib, Amerikadagi eng yomon kasblarni aniqladi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

    Hisobotda keltirilgan 200 dan ortiq kasb stressga sabab bo‘lishi, mehnat sharoiti, kasbiy istiqbol va daromadi bo‘yicha baholangan.

    1. Bo‘yoqchi (malyar)

      Foto: Depositphotos

      Foto: Depositphotos
    • Yillik o‘rtacha daromad: 38 940 dollar
    • Ish o‘rinlari sonining ortishi, 2016—2026: +5,7%
    • Umumiy bandlik: 228 420
    Obyektlarni bo‘yash jismonan qiyin ish bo‘lishi mumkin. Chunki binoning hamma joyi bo‘yalishi uchun ba’zan tiz cho‘kib, ba’zan egilib, ba’zan cho‘zilib ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ba’zi bo‘yoqchilar ko‘priklarni yoki baland binolarni bo‘yashi kerak va bu jiddiy xavfni keltirib chiqaradi.
    1. Reklama savdosi
    • O‘rtacha yillik ish haqi: 51 740 dollar
    • Ish o‘rinlari sonining ortishi, 2016-2026: -3,6%
    • Umumiy bandlik: 133 110
    Garchi umumiy bandlik kelgusi yillarda 7 foizga oshishi kutilayotgan bo‘lsa ham, AQShda reklama savdosi xodimlari soni qisqarib ketadi. Bu kasbning qiyinchiliklaridan biri gazeta va jurnallarda reklama uchun ajratilgan joylarni sotish hisoblanadi. Online mahsulotlar savdosi rivojlanayotgan bir paytda, reklama savdosi sekin-asta biznesdan chiqib ketadi. Natijada reklama agentliklariga bo‘lgan ehtiyoj ham kamayadi. Odamlar savdo rejasini bajarishga harakat qilib, kuchli bosim ostida qoladi.
    1. Radio va televideniye muxbiri
    • O‘rtacha yillik ish haqi: 40 080 dollar
    • Ish o‘rinlari sonining ortishi, 2016-2026: -3,2%
    • Umumiy bandlik: 31 580
    Radio va televideniyeda reklamadan tushadigan daromad kamayishi tufayli kompaniya ko‘p sonli muxbirlarni ishga ololmaydi. Garchi bu ish kamida bakalavr darajasini talab qilsa-da, bu yerda o‘rtacha yillik ish haqi AQShdagi har qanday kasb uchun o‘rtacha hisoblangan 37 690 dollardan yuqori emas.
    1. Radio DJ

      Foto: Depositphotos

      Foto: Depositphotos
    • O‘rtacha yillik ish haqi: 33 220 dollar
    • Ish o‘rinlari sonining ortishi, 2016-2026: -11,6%
    • Umumiy bandlik: 27 780
    Garchi bu ish orzu kabi ko‘rinsa-da, DJ yoki Disk jockey yaqin kelajakdagi ish o‘rnining eng kuchli pasayishiga duch keladi. Musiqa va podkastlarning ko‘payishi bilan, tinglovchilar musiqa eshitishning radiodan boshqa variantlarini tanlay boshlaydi.
    1. Axloq tuzatish muassasasi xodimi
    • O‘rtacha yillik ish haqi: 44 330 dollar
    • Ish o‘rinlari sonining ortishi, 2016-2026: -7,7%
    • Umumiy bandlik: 415 000
    2016-yilning oxirida AQShda mahbuslar soni 1,5 millionni tashkil etgan. Bu esa 2009-yildagi 1,6 milliondan kamayganini ko‘rsatadi. Mahbuslar sonining kamayishi, shuningdek, budjet muammolari axloq tuzatish koloniyalarida xodimlar sonining qisqarishiga olib keladi. Ko‘pincha mahsublarning zo‘ravonlik harakatlari natijasida ushbu muassasa xodimlari boshqa kasblar ichida eng ko‘p jarohat oladi va kasalliklarga chalinadi.
    1. Harbiy xizmatchi
    • O‘rtacha yillik ish haqi: ma’lum emas
    • Ish o‘rinlari sonining ortishi, 2016-2026: ma’lum emas
    • Umumiy bandlik: ma’lum emas
    AQSh armiyasida xizmat qilish boshqa kasblardan tubdan farq qiladi. Chunki bu kasb egalari kuchli vatanparvar bo‘ladi. Shuning uchun ularni eng yomon kasb vakillariga kiritish noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, ammo harbiylar juda kuchli stressda va eng qiyin mehnat sharoitida ishlaydi. Ayniqsa jangovar harakatlar hududida ishlaydiganlar uchun vaziyat juda og‘ir.  Ko‘pchilik harbiylar yiliga 30 000 dollardan kam topadi.
    1. Chakana sotuvchi

      Foto: Depositphotos

      Foto: Depositphotos
    • O‘rtacha yillik ish haqi: 24 200 dollar
    • Ish o‘rinlari sonining ortishi, 2016-2026: +1,7%
    • Umumiy bandlik: 4 448 120
    Chakana savdo bilan shug‘ullanadiganlar mijozlar bilan ishlaydi va buning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Bundan tashqari, bu ish uchun AQShdagi eng kam ish haqi beriladi (mamlakatda o‘rtacha ko‘rsatkich — 37 690 dollar, sotuvchi esa atigi 24 200 dollar oladi). Online bozorning rivojlanishi bu sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
    1. Gazeta muxbiri
    • O‘rtacha yillik ish haqi: 41 260 dollar
    • Ish o‘rinlari sonining ortishi, 2016-2026: -10,0%
    • Umumiy bandlik: 37 140
    2026-yilga borib, gazeta muxbirlari soni 10 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Chunki gazetalar o‘quvchilarini va reklamadan tushadigan daromadni yo‘qotib bormoqda. Muxbirlar doimiy ravishda gazetxonlarning jiddiy nazorati va bosimi ostida ishlaydi. Nashrning qat’iy belgilangan muddati esa stress darajasini oshirib yuboradi. Jiddiy siyosiy mavzularni yoritgan muxbirlarga esa xatto o‘lim bilan tahdid ham qilinishi mumkin.
    1. O‘rmonchi (daraxt kesuvchi)
    • O‘rtacha yillik ish haqi: 40 650 dollar
    • Ish o‘rinlari sonining ortishi, 2016-2026: -12,6%
    • Umumiy bandlik: 37 400
    O‘rmonchilik Amerikadagi eng yomon ishlar ro‘yxatida 2-o‘rinda turadi. Chunki u juda xavfli kasbdir. 2017-yilda AQShda o‘rmonchilar bilan 55 ta o‘limga olib boradigan, 350 ta o‘limga olib bormaydigan jarohat kuzatilgan.  Bu kasbning yuqori darajada xavfli ekani sabab ko‘p kompaniyalar daraxtlarni kesish jarayonini avtomatlashtirishga harakat qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ish o‘rinlarining qisqarishiga olib keladi. Hatto xavfsiz darajada bo‘lganda ham o‘rmonchilik jismonan qiyin kasb hisoblanadi, evaziga esa juda kam haq to‘lanadi.
    1. Taksi haydovchisi

      Foto: Depositphotos

      Foto: Depositphotos
    • O‘rtacha yillik ish haqi: 25 980 dollar
    • Ish o‘rinlari sonining ortishi, 2016-2026: +5,0%
    • Umumiy bandlik: 207 920
    Kam ish haqi, bandlikning sekin o‘sishi, kuchli stress va yoqimsiz mehnat sharoiti bu kasbni Amerikadagi eng yomon ishga aylantirgan. Taksi haydovchilari to‘liq sutka davomida, har qanday ob-havoda, doimiy tirbandlikda va qo‘pol yo‘lovchilar bilan ishlaydi. Oylik maosh esa ko‘ngildagidek emas.
    29.04.2019, 06:33   Izoh (0)   108645
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ufada 46 yashar erkak oilasining 5 nafar a’zosini o‘ldirishda gumon qilinmoqda

    28.04.2019, 23:30

    Yevroittifoq 500 yevro qiymatidagi kupyuralarni chiqarishni to‘xtatdi

    28.04.2019, 21:15

    Saudiya Arabistonida bir vaqtning o‘zida 37 kishi qatl qilindi. Ba’zilari WhatsApp orqali mitinglar haqida xabar tarqatgan

    28.04.2019, 21:00

    Estoniyada NATO rahbarligida katta ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi

    28.04.2019, 20:45

    Jirinovskiy Rossiya Ukrainani qanday “bo‘lib olishi”ni ko‘rsatib berdi

    28.04.2019, 19:30

    Kremlda Kim Chen Inning bilimdonligi va professionalizmini e’tirof etishdi

    28.04.2019, 19:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04

    Salom, mundial. O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya

    Sport | 6 iyun, 09:56

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36

    Ravshan Ermatov: “Futbolchilar 6-iyun kuni tushgacha vatanga qaytishi kutilmoqda”

    Sport | 6 iyun, 09:26

    Temur Kapadze: “Xudoga va o‘zimizga ishonib, oldinga dadil qadam tashladik”

    Sport | 6 iyun, 08:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.