O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovga taqdim qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, muftiy Usmonxon Alimov Prezident tomonidan islom dini qadriyatlarini asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslarga mos ravishda milliy assotsiatsiya rahbari tomonidan masjid-madrasalardagi qadimiy bitiklarni tadqiq etish va xalqqa yetkazishda katta ishlar qilinganini alohida qayd etgan.
Xususan, Qur’oni karimning ushbu nusxasi juda ham tabarruk ekani, u O‘zbekiston musulmonlari idorasining muzey-kutubxonasiga joylashtirilishini bildirib o‘tgan.
Muftiy, shuningdek, qadimiy qo‘lyozma asarlarini mamlakatga olib kelishda diniy idora va ulamolar hamkorlik qilishga doim tayyor ekanini ta’kidlagan.
Izoh (0)