“Bizning Uylar Development” kompaniyasi reklama yuzi bo‘lgan Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan chaqalog‘iga xonadon sovg‘a qilinganligi haqida tarqalgan mish-mishlar haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qilgan. Bu haqda kompaniya rasmiy Instagram sahifasida yozib qoldirgan.
“Burak O‘zchivit sovg‘a olish uchun hech qanday talab qo‘ymagan va kompaniyamizda bunday turdagi sovg‘a berish masalalari muhokama qilinmagan”, – deyiladi kompaniya xabarida.
Bundan avval, qator turk va o‘zbek OAVlarida yangi tug‘ilgan chaqaloq — Karan O‘zchivitga qurilish kompaniyasi tomonidan Toshkentdan uy sovg‘a qilingani haqidagi xabardar paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)