16-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining javob o‘yinida “Barselona” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etdi (3:0).
Bellashuvning 16-daqiqasida kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib argentinalik dublga erishdi. 60-daqiqada esa Filippe Koutinyo jamoaning 3-goliga mualliflik qildi (3:0).
Pedro Martin o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berishicha, Messi 2013-yildan buyon ilk marta Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finalida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U so‘nggi bor 2012/13-yilgi mavsumda PSJga qarshi kechgan o‘yinda gol urgandi. Shundan keyin 2015-yilda Leo Messi faqatgina musobaqaning yarim finalida “Bavariya” darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)