So‘nggi bir necha hafta davomida Antilopa vodiysi — Kaliforniya lolaqizg‘aldoqlar qo‘riqxonasiga ko‘plab odamlar tashrif buyurmoqda, deb yozadi Forum Daily.
Gullagan lolaqizg‘aldoqlarni ko‘rish va suratga tushish uchun minglab odamlar orasida tiqilinchda qolishni xohlamaganlar va gullagan maydonni boshqacha rakursada ko‘rmoqchi bo‘lganlarga NASA o‘zi olgan suratlarni taqdim etgan.
2-aprel kuni NASA Armstrong parvoz markazi uchuvchisi Glenn Grem astronavt Reks Valexim bilan birgalikda T-34 samolyotida qo‘riqxona ustiga parvoz qilib, qo‘riqxonaning bir necha suratlarini olgan va ushbu aerofotosuratlarni 5-aprel kuni Twitter’dagi sahifasida chop etgan.
Izoh (0)