Namangan viloyatining Pop tumanida o‘lim bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
7-aprel kuni soat 03:30larda Namangan viloyatining Pop tumanida yashagan O.X o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini Turkiston mahallasi hududida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, fuqaro Z.B boshqaruvidagi “KrAZ-355” rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga borib urilgan.
Natijada Nexia yo‘lovchisi N.Z jarohat olib voqea joyida, haydovchisi O.X kasalxonada vafot etgan. Nexia avtomashinasida bo‘lgan yana bir yo‘lovchi M.S tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)