Xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar Liviyadan o‘z xodimlarini evakuatsiya qilishni boshlagan, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Feldmarshal Xalif Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasining tajovuzkor harakatlari oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘lgan.
Ayni paytda, Liviyadagi BMT missiyasi, mojaroda yarador bo‘lganlar va tinch aholini evakuatsiya qilish uchun mamlakat poytaxtining janubiy qismida ikki soat vaqtincha sulh tuzishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Xaftar Tripoliga hujum qilgani haqida e’lon qilgan. “Tripoli operatsiyasi”ning boshlanishi haqidagi buyruq harbiylarga murojaatda e’lon qilingan.
Shuningdek Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarini mamlakatdagi murakkab vaziyat tufayli Liviyadan olib chiqqani ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)