Janubiy Afrikadagi Kryuger milliy qo‘riqxonasida fil brakonyerni bosib o‘ldirdi, shundan so‘ng uning jasadi sherlarga yem bo‘ldi, deya xabar beradi “BBC”.
Halok bo‘lganning sherigi uning oilasiga seshanba kuni uning o‘ldirilganini ma’lum qilgan. Qarindoshlar hodisani qo‘riqxona xodimlariga ma’lum qilgan.
Qidiruv guruhi tanani uzoq vaqt davomida izlagan va payshanba kuni inson bosh chanog‘i va shimini topgan — bularning hammasi ovchidan qolgan edi.
Park ma’muri marhumning oilasiga ta’ziya bildirgan.
“Kryuger milliy bog‘i hududiga kirish noqonuniy bo‘lib, qo‘riqxona juda ko‘p xavfni o‘z ichiga oladi va bu hodisa buning yaqqol misoli bo‘lgan”, — deydi u.
Izoh (0)