7-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Kunning dastlabki o‘yinida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK klubi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:15 da start oladi. Eslatib o‘tamiz, olmaliqliklar 2-turda Navoiyning “Qizilqum” klubiga 1:3 hisobida yengilgandi. “Qo‘qon-1912” esa vodiy derbisida “Andijon” bilan durang o‘ynagandi (0:0).
So‘nggi turda “Metallurg”ga taslim bo‘lgan (0:2) Baxtiyor Ashurmatov boshliq “Buxoro” klubi o‘z maydonida “Qizilqum” bilan o‘ynaydi. Bellashuv soat 18:30 da boshlanadi.
Kunning oxirgi to‘qnashuvida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi Surxondaryoning “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushadi. Bahsga soat 19:15 da start beriladi. Ma’lumot uchun, jizzaxliklar 2-turda “Nasaf”ga imkoniyatni boy bergandi (1:3).
Superliga
3-tur bahslari
7-aprel, yakshanba
OKMK—“Qo‘qon-1912” 17:15
“Buxoro”—“Qizilqum” 18:30
“So‘g‘diyona”—“Surxon” 19:15
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)