Jahon bankining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sish prognozi 2019-yilda 5,1 foizdan 5,3 foizgacha o‘sdi, deya xabar beradi “Spot”.
Jahon banki bozor islohotlari turizm, oziq-ovqat, kimyo va to‘qimachilik sanoati kabi sohalarni liberallashtirishga olib borishini kutmoqda.
Inflyatsiya bosimi keyingi ikki yil ichida davom etadi, ammo oqibatlari faqatgina 2021-yilga borib namoyon bo‘lishi kutilmoqda.
Shunga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 5,5% darajasida, 2021-yilda esa 6% bo‘lishi kutilmoqda.
Jahon banki, hukumat iqtisodiyotni kreditlashni cheklashini taxmin qiladi — bu mamlakatda moliyaviy intizomni qo‘llab-quvvatlaydi. Aholining holatiga kelsak, barqaror iqtisodiy o‘sish va chet eldan pul jo‘natmalari o‘zining ijobiy rolini o‘ynashi kerak.
Izoh (0)