Jimmi Karter 21-mart kuni 94 yosh va 172 kunni qarshi oldi, shu tarzda u prezident lavozimini egallagan eng ko‘p yashagan amerikalik bo‘ldi, deya xabar beradi “MK.ru”.
Avvalroq rekord katta Jorj Bushga tegishli edi, u 94 yosh va 171 kunni qarshi olganida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, Karter 1977—1981-yillarda prezident bo‘lgan. O‘z lavozimiga u 52 yoshda kirishgan.
Shuningdek, prezidentlar Jon Adams, Gerbert Guver, Ronald Reygan va Jerald Ford 90 yoshni qarshi olgan uzoq yashagan prezidentlar sifatida qayd etilgan.
Izoh (0)