18-mart kuni Mozambik va Zimbabveda Iday tropik sikloni oqibatida kelib chiqqan suv toshqini qurbonlari soni 166 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Mahalliy hukumatning ogohlantirishicha, bu ko‘rsatkich yakuniy emas va qurbonlar soni ortishi mumkin.
Iday tropik sikloni toshqinlarga olib kelib, uylarning vayron bo‘lishiga sabab bo‘lgan hamda Zimbabve, Malavi va Mozambikda elektrenergiya ishida uzilishlar keltirib chiqargan.
Mavzuga doir: Mozambikda suv toshqini: 66 kishi halok bo‘lgan
Izoh (0)