AQSh senatorlari Kori Gardneo va Ed Marki prezident Donald Tramp administratsiyasini Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Gardner va Marki Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni joriy etish sur’ati sezilarli darajada pasaygan, degan fikrda.
Shu bilan birga, senatorlar AQSh hokimiyatining Shimoliy Koreyani yadrosizlantirish bo‘yicha diplomatik harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan.
Izoh (0)