Avstraliyaning Kvinslend shtatida o‘ta noyob turdagi — yarim o‘xshash egizaklar tug‘ildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bir xil yoki monozigotali egizaklar mavjud bo‘ladi. Ular bir spermatozoid tomonidan urug‘lantirilgan tuxum hujayrasi ikki qismga bo‘linib, 100% DNKga ega embrionlarni hosil qiladi. Undan tug‘ilgan egizaklarning ikkovi ham bir jinsga mansub bo‘ladi.
Bundan tashqari, dizigota egizaklar ham bor. Ular turli xil spermatozoidlar tomonidan urug‘lantirilgan ikkita alohida tuxum hujayrasidan tug‘iladi. Natijada hosil bo‘lgan embrionlar DNKning yarmini bo‘lishadi va egizaklar turli jinsga mansub bo‘lishi va bir-biriga o‘xshamasligi mumkin.
Avstraliyada tug‘ilgan egizaklar esa yarim o‘xshash egizaklar bo‘lib, bir tuxum hujayra bir vaqtning o‘zida ikki xil spermatozoid tomonidan urug‘lantirilgan. Har bir spermatozoid o‘zida otadan turli genetik ma’lumot tashiydi. Ya’ni egizaklarga onadan bitta, otadan esa ikkita turli xil gen o‘tadi. Yarim o‘xshash egizaklarda o‘xshashlik 75% ni tashkil qiladi.
Tibbiyot xodimlarining aytishicha, bunday hol juda kam sodir bo‘lib, embrionlar odatda uzoq yashamaydi.
Izoh (0)