O‘zbekiston kompaniyalari imzolangan yangi shartnoma asosida Qirg‘izistondan kartoshka sotib ola boshladi. Bu haqda Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri Nurbek Murashev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
“5 ming tonna kartoshka yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, qariyb o‘nta kompaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita xaridni amalga oshiradi. Biz ular uchun zarur sharoitlarni yaratib beramiz”, — dedi vazir.
1 kilogramm kartoshka narxi 5,5—7,5 qirg‘iz somi (0,086 AQSh dollari yoki amaldagi kurs bo‘yicha taxminan 722 so‘m) etib belgilangan.
Izoh (0)