Krasnoyarksda maishiy gazning portlashi oqibatida qisman qulagan uy noqonuniy ravishda qurilgani aniqlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, turar joy binolari kerakli hujjatlarsiz qurilgan va qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. 2016-yilda sud uni buzib tashlash haqida buyruq chiqargan.
Krasnoyarskda gaz portlashi oqibatida uchta xonadon qulab tushgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Evakuatsiya qilinganlar vaqtincha ijtimoiy turar joyga joylashtirilgan.
Izoh (0)