“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Xuan Mata mavsum oxirida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
30 yoshli ispaniyalikning “mankunianlar” bilan tuzgan shartnomasi 2019-yilning 30-iyunida tugaydi.
Mata “Manchester Yunayted” klubida o‘ynashni davom ettirmoqchi, biroq klub unga faqat bir yillik yangi shartnoma taklif qildi.
Bunday holatda Mata shartnomani uzaytirishi dargumon bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Xuan Mata APLda “Yunayted” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasini 2 marta ishg‘ol qildi va 2 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)