8-fevral kuni Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Tashrif doirasida vazir 5 va 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktablarida bo‘lgan.
Ularning o‘quv jarayonlari bilan tanishib, maktablarning faoliyatini yaqindan o‘rgandi. Shuningdek, “Hurriyat” va “Bahor” madaniyat markazlariga ham tashrif tashkillashtirilgan.
Izoh (0)