“Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi Toshkent bosma fabrikasida bir oy ichida, har birining narxi 3 million yevrolik ikkita pul bosish mashinasi kuyib qolgan, deb xabar qildi xorij OAVlari.
“Daryo” muxbiri mazkur masala bo‘yicha “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi Toshkent bosma fabrikasi bilan bog‘lanib, mashinalarning ishdan chiqqani haqidagi xabarga izoh so‘rab murojaat qildi.
Muxbirga o‘zini Shuhrat deb tanishtirgan “Davlat belgisi” Bosh muhandisi raddiya berishi haqida ma’lum qilgan. Biroq, bir hafta davomida tahririyat rasmiy izohni kutish bilan cheklanib qolmoqda.
Avvalroq, Markaziy bank 100 ming so‘mlik kupyuraning muomalaga chiqarilishini tasdiqlagan hamda 15-yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100 000 (yuz ming) so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’qullagani haqida xabar bergandik.
15-sentabr 2018-yil Baxtiyor Jumayev Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori etib tayinlangandi.
Izoh (0)