20-yanvar, yakshanba kuni La Liganing 20-turi doirasida “Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen “Leganes”ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi (3:1).
26 yoshli futbolchi La Ligada 100 ta o‘yin o‘tkazgan birinchi germaniyalik darvozabon bo‘ldi. Bu haqda Opta xabar berdi.
U shundan 42 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Umumiy hisobda esa 58 ta o‘yinda 89 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Ter Shtegen ushbu mavsumda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta quruq o‘yin o‘tkazdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)