Yangi yil bayrami munosabati bilan Andijon viloyati IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilib xozirda nafaqadagi sobiq xodimlar, xizmat vaqtida vafot etganlarning yaqin qarindoshlari xolidan xabar olindi, deya xabar beradi Andijon IIB Matbuot xizmati.
Jumladan, Andijon viloyati IIB kadrlar boshqarmasi mas’ullari, sobiq ichki ishlar vakillari bilan birgalikda o‘z jonini Vatan tinchligi yo‘lida fido etgan qahramonlarning oilalari bilan suhbatlar uyushtirdi. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.
Shu bilan birga Andijon shahar IIO FMB hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon shahar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda imkoniyati cheklangan yoshlar va ularning oila a’zolaridan xabar oldi. Ularga yangi yil sovg‘alari ulashildi.
Izoh (0)