2018-yilning 9 oyi mobaynida xorijdan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi 3,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan qariyb 77 foizi Rossiyadan yuborilgan. Bu haqda Markaziy bank hisobotiga tayanib, “Turon 24” xabar berdi.
Mazkur vaqt mobaynida mamlakatga 1 milliard dollar naqd pul olib kelingan.
Eng ko‘p pul jo‘natmalari Rossiyadan yuborilgan — 2,96 milliard dollar.
Shuningdek, Qozog‘istondan 247 million, Turkiyadan 155 million, AQShdan 138 million va Janubiy Koreyadan 77 million dollar pul jo‘natmalari amalga oshirilgan.
2018-yilning yanvar oyidan oktabr oyiga qadar O‘zbekistondan xorijga pul jo‘natmalari hajmi 639 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistondan asosan Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Xitoyga pul jo‘natmalari yuborilgan.
Izoh (0)