“Real” yarim himoyachisi Isko yozda PSJ tarkibiga qo‘shilishi mumkin, deb yozadi Paris United.
PSJ prezidenti Nosir al-Helayfi 26 yoshli futbolchining otasi hamda agenti bilan uchrashuv o‘tkazishga ulgurgan.
Iskoning o‘zi ham PSJga o‘tishni istamoqda. Futbolchi “Real”ning ayni damdagi bosh murabbiyi Santyago Solari qo‘l ostida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Bu esa uning noroziligiga sabab bo‘lyapti.
Iskoning otasi “Barselona”, “Yuventus”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” klublari bilan ham muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Iskoning madridliklar bilan shartnomasi 2022-yilgacha belgilangan. Transfermarkt futbolchiga 75 million yevro narx belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, Isko joriy mavsum “Real” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)