Xorazm viloyatida 2018-yilning o‘tgan davrida umumiy jinoyatlar 38,2 foizga, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 30 foizga kamaygan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, qidiruvda bo‘lgan 175 nafar shaxs ushlanib, tergov organlariga topshirilgan. Qo‘lga olinganlarning 87 nafari uzoq yillardan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxslardir.
Xorazm viloyatida bolalar bog‘chasi, maktab, shifoxona va boshqa muassasa-tashkilotlarda soqchilikni tashkil etish, tungi navbatchilik guruhlari faoliyati nazoratga olingan.
Izoh (0)