26-dekabr, chorshanba kuni Angliya premyer ligasining 19-turi doirasida “Manchester Siti” jamoasi “Lester”ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi (1:2).
26-dekabr kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 19-turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” jamoasi “Lester”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Bu “Siti” uchun APL joriy mavsumidagi ketma-ket ikkinchi umumiy hisobda uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
“Shaharliklar” APLning o‘tgan mavsumida atigi 2 ta o‘yinda yutqazgandi. “Man Siti” 2016-yil dekabridan beri ilk marta APL doirasida ketma-ket 2 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
“Manchester Siti” musobaqa jadvalida yetkchilikni qo‘ldan bermayotgan “Liverpul”dan 7, 2-o‘rinda borayotgan Londonning “Tottenhem” klubidan 1 ochko ortda qolib, 1-davrani 3-pog‘onada yakunladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)