AQShning Texas shtatida yashovchi erkak yonayotgan uyning uchinchi qavatidan onasi tomondan tashlangan bir yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Bayron Kempbell mashinasida ketayotganida bir uyning yonayotganiga guvoh bo‘ldi. U shu zahotiyoq o‘t o‘chiruvchilar va politsiyachilarga yordamga oshiqdi.
Kempbell yonayotgan uyning uchinchi qavatida qizini ushlab turgan ayolni ko‘rib qoldi. Ular chiqish yo‘li olov bilan yopilib qolgani uchun uydan chiqib keta olmagan edi.
“U menga qarab, ‘Shunchaki menga ishon, uni tutib olaman’, dedi. Men o‘ylab ham o‘tirmay qizimni tashladim. Agar u bo‘lmaganida qizim hozir tirik bo‘lmasligi mumkin edi”, — deydi qutqarilgan qizchaning onasi.
Yong‘in oqibatida uch kishi jarohatlangan, qirqqa yaqin kishi vaqtincha uysiz qolgan.
Izoh (0)