Saudiya Arabistoni hukumati Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK)ning ehtimoliy tarqatib yuborilishi haqida tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha buyurtma berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ushbu tadqiqot AQSh NOPEC (No Oil Producing Exporting Cartels Act) nomi ostidagi aksilkartel qonun loyihasini tayyorlayotgan bir paytda olib boriladi. Uning maqsadi — Amerika sudlariga OPEK a’zolari, shuningdek, neft bozoridagi kartel kelishuvlarining ishtirokchi mamlakatlariga nisbatan aksilmonopol da’volarni ko‘rib chiqish vakolatlarini berishdan iborat.
“Qirollikdagilar neftga talab abadiy davom etmasligini tushunadi. Bundan tashqari, NOPEC’ni hech ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi”, — qirol Abdulla nomidagi neft tadqiqot markazi rahbari Adama Seminski.
Ar-Riyod “Saudiya Arabistoni va Rossiya ikkovlon neft bozoriga yetarlicha ta’sir o‘tkaza olishi” fonida OPEKning mavzud bo‘lish zaruriyatiga shubha qilmoqda.
Izoh (0)