Apple kompaniyasi bugun, 30-oktabr kuni yangi mahsulotini taqdim etadi. Taqdimot Nyu-York Bruklin musiqa akademiyasida bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “Exo Moskvi”.
Apple kompaniyasi foydalanuvchilarni iPad va Mac’ning yangi modellari bilan tanishtiradi. Kompaniya mutaxassislari turli o‘lchamdagi iPad Pro’ning ikki modelini loyihalashtirdi. Bundan tashqari, yuzni skanerlovchi Face ID qurilma egasini tanish tizimi ishlab chiqilgan. Naushniklar uchun teshikning yo‘qolishi ham istisno etilmayapti.
Noutbuklarni yanada tezkor protsessor va yaxshilangan tezkor xotira bilan jihozlash va’da qilinmoqda. Yangi modellarga qurilmani blokdan chiqarish va to‘lovlarni tasdiqlash uchun barmoq izi skaneri o‘rnatiladi.
Apple bir yil avval e’lon qilingan simsiz zaryad qurilmasini ham taqdim etishi kutilmoqda.
Izoh (0)