Kecha, 14-oktabr sanasida Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida 3-tur bellashuvlari davom ettirildi.
Rossiya terma jamoasi Turkiya termasiga qarshi maydonga tushib, Roman Noyshtedter hamda Denish Cherishevning gollari evaziga g‘alaba qozondi.
Polsha terma jamoasi esa o‘z maydonida Italiya termasini qabul qilib mag‘lub bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol 90-daqiqada Krishtiano Biragi tomonidan kiritildi. Shu tariqa Italiyaing 6 o‘yindan iborat g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi yakuniga yetdi.
Bundan tashqari, Ruminiya terma jamoasi Serbiya bilan kuch sinashib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Litva esa Chernogoriyani o‘z maydonida qabul qilib, 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Millatlar Ligasi
3-tur bellashuvlari
14-oktabr, yakshanba
Izoh (0)