2018-yil 10-aprel kuni noma’lum shaxs Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi M.M. ismli ayolni hovlisidagi molxonasidan 1 bosh qoramolini o‘g‘irlab ketgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Koson tumanida yashovchi S.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Bu haqada IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 1-sentabr kuni “G‘ubdin” MFYda yashovchi, maktab o‘qituvchisi D.X. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 30-avgust kuni noma’lum shaxs uyi oldida qarovsiz qoldirilgan 1 bosh qoramolini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qarshi tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan X.X. va A.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)