Bugun, 31-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 13-kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Boks bo‘yicha -64 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov Osiyo o‘yinlarining yarim final jangida ishtirok etdi. Unga bu bosqichda mezbon yaponiyalik Daysuke Narimatsu raqiblik qildi. Hakamlar bir ovozdan Iqboljonning 5:0 hisobidagi g‘alabasini ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval -49 kg, -52 kg, -56 kg, 60 kg va -69 kg vazn toifalaridagi Hasanboy Do‘stmatov, Jasurbek Latipov, Miraziz Mirzahalilov, Shunqor Abdurasulov hamda Bobusmon Boturov yarim final janglarini o‘tkazib, final yo‘llanmasiga ega chiqqandi.
Shu tariqa 7 nafar bokschidan 6 nafari finalda, Isroil Madrimov esa birozdan so‘ng final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
- -75kg: Isroil Madrimov—Feliks Marsyal. Vaqti: 17:45
Izoh (0)