O‘zbekiston Bosh prokurori buyrug‘i bilan Oybek Hoshimov Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi ma’lum qildi.
O. Hoshimov 1978-yilda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Andijon viloyati Bo‘z tumani prokuraturasida boshlab, keyinchalik Andijon va Farg‘ona viloyat prokuraturasi organlarida turli vazifalarda ishlagan. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani prokurori bo‘lgan.
O. Hoshimov 2018-yilning mart oyidan beri Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)