Hozirgi kunda sayyohlik maskanlarida takrorlanmas kadr bilan suratga olish ancha qiyin masalaga aylanib qoldi. Ko‘plab insonlar selfi tayoqcha yordamida o‘zlari bilmagan holda bir xil suratlarni fotoapparat xotirasiga muhrlab, har soniya ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgani sir emas. Britaniyalik suratkash Oliver Kertis esa olomon ortidan borib, selfi orqali bir xil kadrlarni suratga olishni istamadi va antiqa ishga qo‘l urdi, deb yozadi BigPicture.
Oliver mashhur sayyohlik maskanlariga qarama-qarshi bo‘lgan joylarni fotoapparatiga muhrladi. Quyida uning ishlaridan namunlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Toj-Mahal, Agra, Hindiston
Iso Masih haykali, Rio-de-Janeyro, Braziliya
“Mona Liza”, Luvr, Parij, Fransiya
Avliyo Mark maydoni, Venetsiya, Italiya
Xeops piramidasi, Giza, Misr
Mao Szedun maqbarasi, Pekin, Xitoy
Parfenon, Afina, Gretsiya
Yig‘i devori, Quddus, Isroil
Ozodlik haykali, Nyu-York, AQSh
Oq uy, Vashington, AQSh
Eyfel minorasi, Parij, Fransiya
Izoh (0)