Namangan shahri markazidagi Islom Karimov va “G‘irvonsoy” ko‘chalari kesishmasida O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Mazkur bayroqning balandligi 35 metrni tashkil etadi. Uni shahar markazidagi tepalikka o‘rnatish g‘oyasi xalq deputatlari Namangan shahar kengashi deputati Ma’rufxon Mo‘minov tomonidan bildirildi va shahar hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” maydonida balandligi 65 metr bo‘lgan O‘zbekistondagi eng katta davlat bayrog‘i o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)