Madridning “Atletiko” jamoasi Fransiyaning “Monako” klubidan sotib olingan yarim himoyachi Toma Lemarni rasman ommaga tanishtirdi.
Futbolchi uchun madridliklar 70 million yevro to‘lagan. Lemar esa yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan.
“Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Yangi jamoadoshlarim bilan uchrashishni intizorlik bilan kutyapman. Shuningdek, o‘z stadionimizda muxlislar bilan ko‘rishishni ham kutmoqdaman. Bu klubda to‘p surishni chin dildan istayman. O‘zimda borini klubga berishga tayyorman. “Atletiko” mendan nima kutayotganini juda yaxshi bilaman”,—dedi Lemar.
Izoh (0)