Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

DXX Navoiy viloyati boshqarmasi Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi bilan o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Navbahor tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Oybek Xairov mahalliy tadbirkordan 4000 ming AQSh dollari va 16 million so‘mni pora sifatida olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda "Yoshlar" telekanalida maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi, deya xabar beradi UZ24.

Foto:

Foto: "Yoshlar" telekanali

Ma’lum bo‘lishicha, Oybek Xairov pullarni Konimex tumanidagi baliqchilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga Navbahor tumanidagi kollektorda maqsadsiz oqib yotgan suvni 6 kilometrdan ortiqroq masofada ariq qazib olib kelish uchun tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib berish evaziga olgan.

Dastlabki tergov oldi surishtiruv jarayonlarida mansabdor tuman hokimining ushbu qarorini chiqartirib berish uchun tadbirkordan avval 3500 ming AQSh dollari va 4 million so‘m olganligi aniqlandi.

Foto:

Foto: "Yoshlar" telekanali

Hozirda Oybek Xayirovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda