20 yoshli eronlik qiz Sahar Tabar o‘z qiyofasi orqali o‘tgan yili dunyo OAVlari e’tiboriga tushgan edi, deb yozadi Big Picture. Uni Gollivud aktrisasi Anjelina Joliga o‘xshash uchun 50 ta plastik operatsiyani o‘tkazganlikda ayblashgandi.
Keyinroq Sahar rinoplastika, liposaksiya qildirib, labiga fellerlar qo‘yganini tan olsa-da, uning Instagram’dagi qo‘rqinchli obrazlari retush va grim natijasi ekanligini ta’kidladi.
Yaqinda esa qiz pardoz-andozsiz tushgan suratini birinchi marta e’lon qildi. Sahar yoqimtoygina, qosh-ko‘zlari qora qiz bo‘lib chiqdi.
https://instagram.com/p/Bk2uq0WnVyq/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=embed_loading_state_control
https://instagram.com/p/BgHYtywn4ir/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=embed_loading_state_control
https://instagram.com/p/BlGLWPgHu3v/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=embed_loading_state_control
https://instagram.com/p/BkzlJ6Zne8o/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=embed_loading_state_control
Izoh (0)