Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tahlillariga ko‘ra, ko‘pincha haydovchilarning tezlikni belgilangan me’yordan oshirganligi sababli yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
IIBB YHXB aynan qaysi hududlarda ko‘proq yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotganini aniqlab, u yerlarga tezlikni qayd etuvchi radarlar o‘rnatib bormoqda.
Jumladan, Toshkent avtomobil halqa yo‘lining 4 hududida radarlar o‘rnatildi. Ibn Sino mavzesi qarshisidagi Zangiota tumani “Chig‘atoy Oq tepa” MChJ (taxta bozor) yaqinida, “Gilamsaroy”, “Maroqand” to‘yxonasi qarshisida, Toshkent halqa yo‘li, yo‘l qurilish bo‘linmasida va Dehqonobod yo‘li kesishmasida (Yunusobod tumani) radarlar o‘rnatilgan.
Shuningdek, ibn Sino mavzesi yaqinidagi Toshkent halqa yo‘lining yaxshi yoritilmaganligi ham Toshkent yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli idoralarga xat yuborildi.
Izoh (0)